---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.54.5
alternate:
  - https://www.yandex.ru/support/browser/en/device/sync.md
  - https://www.yandex.ru/support/browser/kk/device/sync.md
  - https://www.yandex.ru/support/browser/ru/device/sync.md
  - https://www.yandex.ru/support/browser/tr/device/sync.md
  - https://www.yandex.ru/support/browser/uz/device/sync.md
  - href: uz/device/sync.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://www.yandex.ru/support/browser/uz/llms.txt




# Maʼlumotlarni saqlash

{% note alert "Cheklov" %}

Ma’lumotlarni saqlash va almashish turli brauzerlar o‘rtasida ishlamaydi, masalan [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) va Google Chrome o‘rtasida.

{% endnote %}

Ma’lumotlarni saqlang, shunda ulardan barcha qurilmalaringizda foydalanishingiz mumkin.


## Nima uchun ma’lumotlarni saqlash kerak? {#whatis}

Ma’lumotlar birlamchi holatda [Yandex ID](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.html)ga ulangan hisobingzda avtomatik saqlanadi va Yandex Brauzer o‘rnatilgan barcha qurilmalaringizda (kompyuter, smartfon, planshet) mavjud bo‘ladi.

Parollar va kartalar, xatcho‘plar, shaxsiy ma’lumotlar, ochiq varaqlar va varaqlar guruhlari, Brauzer tarixi, Tab, kengaytmalar hamda sozlamalar saqlanadi.

Ma’lumotlarni saqlash va almashish sizga quyidagilarga imkon beradi:

- barcha qurilmalaringizda [parollar menejeridan](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/security/passwords.md) foydalanish (parollarni avtomatik qo‘yish, parollarni shifrlangan omborda saqlash, saytga kirish imkoniyatini tiklash, asosiy parolni esdan chiqargan bo‘lsangiz);

- qurilmalarda [varaqlar](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/navigation/about.md) va [varaqlar guruhlari](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/search-and-browse/groupoftabs.md) (agar ularni guruhlar menyusida bulutli qilgan boʻlsangiz), [tarix](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/search-and-browse/history.md) va [xatchoʻplarni](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/favourites/izbrannoe-search.md) koʻrish;

- Qurilmangiz yo‘qolsa yoki buzilsa ham, parollarni, xatcho‘plarni, [Tab](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/personalization/tableau.md)ni, varaqlarni va Brauzer sozlamalarini tiklash.

Istalgan vaqtda saqlanadigan ma’lumotlar ro‘yxatini [o‘zgartirishingiz](#settings) mumkin.

#### Ma’lumotlar qanchalik tez-tez saqlanadi?

Ma’lumotlar ularni har safar o‘zgartirganingizda saqlanadi. Masalan: qurilmada xatcho‘p qo‘shsangiz – Brauzer uni serverga yuboradi va bir vaqtning o‘zida boshqa qurilmalarda (oxirgi saqlash vaqtidan boshlab) kiritilgan barcha o‘zgarishlarni yuklab oladi.

#### Bu xavfsizmi?

Ha, ma’lumotlaringiz himoyalangan. Ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun Yandex serveri ishlatiladi, u yerga ma’lumotlar himoyalangan kanal orqali, parollar esa ‒ [shifrlangan shaklda](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/security/passwords-management.md) uzatiladi. Serverdagi ma’lumotlar avtorizatsiya tizimi bilan himoyalangan.


## Ma’lumotlarni saqlashni qanday yoqish mumkin? {#on}

Ma’lumotlar quyidagi holatlarda hisobingizda avtomatik ravishda saqlanadi:

- Barcha qurilmalarda (kompyuter, smartfon, planshet) Yandex Brauzer o‘rnatilgan;

- Barcha qurilmalarda [Yandex ID](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.html)ga ulangan bir xil hisobdan foydalaniladi.

{% note warning %}

[Varaqlar guruhlari](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/search-and-browse/groupoftabs.md)ni almashish uchun guruhlar menyusini oching va qaysi guruhlarni bulutda saqlashni tanlang.

{% endnote %}


## Saqlash va almashish uchun ma’lumotlar ro‘yxatini o‘zgartirish {#settings}

1. Yuqori o‘ng burchakda profilingiz rasmini ![Profil rasmi](../_image/profile-icon.svg) → **Brauzerdagi profilim** ustiga bosing.

1. **Profilim** oynasida **Ma’lumotlarni boshqarish** bandini bosing.

1. Faqat kerakli ma’lumotlar qurilmalaringiz o‘rtasida uzatilishi uchun mos opsiyalarni yoqing:

    - Agar sozlama yoqilgan bo‘lsa, ma’lumotlar barcha qurilmalaringizda mavjud bo‘ladi. 
    - Agar sozlama o‘chirilgan bo‘lsa, ma’lumotlar faqat ushbu qurilmada saqlanadi.

![](../_image/synchronization-settings.png)

{% note info %}

Kesh ma’lumotlari qurilmalaringiz o‘rtasida uzatilmaydi. 
Bank kartalari ma’lumotlarini saqlash [master-parol](https://www.yandex.ru/support/browser/uz/security/passwords-management.md#master-password) yoqilgan bo‘lsa mavjud bo‘ladi.

{% endnote %}


## Saqlangan ma’lumotlarni o‘chirish {#delete}


{% note alert %}

Serverdan o‘chirib tashlangandan so‘ng, ma’lumotlarni qayta tiklab bo‘lmaydi.

{% endnote %}

Ushbu qurilmadan ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin:

1. Yuqori o‘ng burchakda profilingiz rasmini ![Profil rasmi](../_image/profile-icon.svg) → **Brauzerdagi profilim** ustiga bosing.

1. **Profilim** oynasida **Ma’lumotlarni boshqarish** bandini bosing.

1. **Ushbu qurilmadagi profilni o‘chirish**ni tanlang.

1. **Ushbu qurilmadagi profil o‘chirilsinmi?** oynasida **O‘chirish** tugmasini bosing.

Shundan so‘ng ma’lumotlaringiz ushbu qurilmadan o‘chiriladi. Bunda ma’lumotlar [Yandex ID](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.html)ga ulangan hisobingizda saqlanib qoladi. Profilingizni hisob bilan yana qo‘shsangiz, ulardan istalgan qurilmada foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Yandex'dan ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin:

1. Yuqori o‘ng burchakda profilingiz rasmini ![Profil rasmi](../_image/profile-icon.svg) → **Brauzerdagi profilim** ustiga bosing.

1. **Profilim** oynasida **Ma’lumotlarni boshqarish** bandini bosing.

1. **Yandex ID hisobidan ma’lumotlarni o‘chirish** tugmasini bosing.

1. **Yandex ID hisobidan ma’lumotlar o‘chirilsinmi?** oynasida **Ma’lumotlarni o‘chirish** tugmasini bosing.

Shundan so‘ng ma’lumotlaringiz serverdan o‘chiriladi va faqat hisobingiz bilan bog‘langan qurilmalarda qoladi.


<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->



